<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ulugʻbek Abduhalimov, Ravshan Xizirov</author>
<title>Toʻlov qildi Iso</title>
<lyrics>[V1]
 Siz gunohga izlaysiz javob
 Yo boʻlmasa yigʻasiz savob.
 Siz mashaqqat chekib turgan tob
 Gunohimni kechirdi Xudo
 Toʻlov qildi men uchun Iso!

[V2]
 Dunyo yigʻish dardu oʻyingiz
 Gʻiybat bilan toʻla uyingiz.
 Hukm qilmay oʻtmas kuningiz...
 Gunohimni kechirdi Xudo
 Toʻlov qildi men uchun Iso!

[V3]
 Oqlolmaydi banda gunohin
 Ming urinib topmas panohin
 Menga Xudo ochdi dargohin
 Toʻlov qildi men uchun Iso!
 Xudo SEVGI, Xudo rahmdil
 Kalomiga sen itoat qil.
 Najotkorni yuborganin bil
 Imon keltir kechirar Xudo
 Toʻlov qildi sen uchun Iso!

[V4]
 Zero, Xudo sevdi olamni
 Sevdi gunohkorni - odamni.
 Oldi Oʻzi mendagi gʻamni
 Gunohimni kechirdi Xudo
 Toʻlov qildi men uchu Iso!

[V5]
 Xudo azal yurakka qarar
 Imoningga, tilakka qarar.
 Tugʻilgandan oʻlgunga qadar
 Gunohim kechirdi Xudo
 Toʻlov qildi men uchun Iso!

[V6]
 Magʻrurlik bu shaytonning feʼli
 Ishonmasning shaytoniy mayli
 Men ozodman imon tufayli:
 &quot;Gunohimni kechirdi Xudo
 Xochda toʻlov toʻladi Iso!</lyrics>
</song>